WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

NAVRO‘Z – BAHOR VA TABIAT UYGʻONISHINING TIMSOLI




    Navro‘z bizni atrof mamlakatlar xalqlari bilan tarixiy birligimizni ham namoyon etadi. U ikki ma’noga ko‘ra xalqaro bayramlar sirasiga kiradi.  Birinchidan, u to‘rt ming yildan buyon Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Kavkazorti va shu ulkan hududlardagi boshqa xalqlarning bahorni qarshi olish bayrami sifatida nishonlab kelingan. Ikkinchidan, 2009-yili Navro‘z YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan joy olgan edi. 2010-yili esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida “Navro‘z xalqaro kuni” degan rezolyutsiya qabul qilindi.