TADBIRLAR

Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari universitetimizda



O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi jamoa o‘zbekona an’ana – non, tuz va gullar bilan kutib olishdi.



 

Rektor mehmonlarga Universitet kirish darvozasi, bosh bino oldida o‘rnatilgan birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, universitet hayoti va faoliyatiga qisqacha to‘xtaldi. Shuningdek, mehmonlar talabalar tomonidan tayyorlangan an’ana va qadriyatlar, milliy liboslar bilan tanishishdi.




Universitet “Madaniyat saroyi”dagi tadbirda universitet rektori, professor X.Yunusov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, AQSHning Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan “tvinning dasturi” aynan mazkur tashkilot yordami bilan amalga oshirilganligi, natijada veterinariya fan dasturlari va o‘quv materiallari jahon standartlariga moslashtirilib, o‘quv davomiyli 5 yilga uzaytirilganligi kabi ijobiy natijalar ushbu hamkorlikning mevasi ekanligini ta’kidladi.




Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abror Akbarov ham universitet va Qo‘mita tomonidan mazkur tashkilot bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.




Tadbirda Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyranga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faxriy professori” ilmiy unvoni berilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.






Universitet professor-o‘qituvchilari, doktarant va magistrlari tomonidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyiha simulyatsiyasida doktarant J.Yulchiyev tomonidan “Veterinariya amaliyotida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish”, assistent A.Hotamov tomonidan “Parrandalarni katakli batareyalarda saqlashdek g‘ayriinsoniy usullardan voz kechish orqali muqobil usullarga o‘tish” mavzulari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.





Shuningdek, universitet ijodkor talabalari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.