9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan OCHIQ ESHIKLAR KUNI TADBIRI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan    “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida, universitet professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish boʻyicha hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz madaniyatni shakllantirish maqsadida universitetda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens-nazorat» tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi F.Toʻrayevning, maʼruzasi tinglandi.

«Taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. Shu boisdan ham davlatimiz rahbari oʻz vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekgan eng birinchi hujjat «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni boʻldi» deydi universitet rektori X.Yunusov.

Qabul qilingan qonun me’yorlarining samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017-yil 2-fevraldagi qarori bilan «2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi» qabul qilindi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan oʻtkazildi. Umuman olganda, soʻnggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar koʻrilganini koʻrsatib turibdi.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi. Mutaxassislar oʻz faoliyati davomida bu qonunlarning ijrosi boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

Tadbir yakunida taʼlim maskanida tashkil etilgan «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni» doirasidagi “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovi, “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida videoroliklar tanlovi. “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida eng yaxshi plakatlar tanlovi. “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” Zakovat intellektual o‘yini hamda sportning “Stol tennisi” va “Shaxmat” turlaridan universitet birinchiligi bo‘lib o‘tdi mazkur tanlovlarda faol qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL