2023 yil 24-oktabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Xotin-qizlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi-milliy mentalitetimizga yot illatdir" nomli profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyat IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari muhim topshiriqlar bo‘limi inspektori, kapitan Sattarova Nilufar Nazarovna, universitet profilaktika inspektori kapitan Nayimov Bekzod Rizamatovich, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB XQMB inspektori katta leytenant Bobosharipova Shaxnozalar hamda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayfiddinova Jamila Badriddinovnalar universitet talaba-qizlariga ma’ruzalar qilishdi, tadbir davomida so‘nggi vaqtlarda talaba-qizlar jinoyatchiligi, uning salbiy oqibatlari, jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinayotganligi, xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonliklarga uchraganda ularga Ichki ishlar organlari tomonidan "Himoya orderi" berilayotganligi va xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilinib kelinayotganligi haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.
Shu bilan birga tadbir davomida talabalarga ijtiomiy rolik qo‘yib berildi va talabalarni qiziqtirgan savollarga mazmunli javoblar berildi.
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17