18-oktabr — Samarqand shahri kuni!

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan 1996-yilda bu qadimiy kentda ulugʻ sarkarda sharafiga salobatli haykal oʻrnatilgandi. Oʻsha yili 18-oktabr kuni ushbu yodgorlikning ochilish marosimi hamda Samarqand shahriga birinchi raqamli Amir Temur ordeni topshirish marosimida shu elning asl farzandi, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bundan buyon bu sanani Samarqand shahar kuni sifatida nishonlashni taklif qilgan edi. Ana shu tashabbus asosida 27 yildirki Samarqand ahli 18-oktabrni katta tantana bilan nishonlab kelmoqda Bugun keng jamoatchilik ishtirokida boʻlib oʻtayotgan mazkur tantanada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik, va biotexnalogiyalar  universiteti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari ham munosib ishtirok etib, koʻtarinki ruhda nishonlamoqda.

LTR RTL