“Xalqaro veterinariya kuni” munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Jamiyatda veterinariya kasbining muhimligi va insoniyatning taraqqiyotidagi ahamiyatini singdirish, veterinariya tashkilotlari va veterinariya vrachlarining nufuzini koʻtarish maqsadida 2000-yilda Halqaro veterinariya assotsiatsiyasi va Xalqaro hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkiloti (Xalqaro Epizootik Byuro)ning tashabbusi bilan har yil aprel oyining oxirgi shanba kunini “Halqaro veterinariya kuni” deb belgilanishi haqida qaror qabul qilingan va bu kun bayram sifatida nishonadi.

Mazkur sana munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti faollar zalida universitet professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan bir guruh faxriy mehmonlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.  Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X. Yunusov veterinariya tashkilotlari va veterinariya vrachlarining nufuzini koʻtarish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib, yurtimizda veterinar osoyishtalikni taʼminlash, chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, hayvonlar naslini yaxshilash va bu orqali xalqimiz isteʼmoli uchun yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi soha fidoyilarini xalqaro kasb bayrami bilan tabriklab, ezgu ishlarida omadlar tiladi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya-chorvachilikni rivojlantiriish davlat qoʻmitasining ta'lim sohasini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi A.Safarov oʻz soʻzida veterinariya sohasi hayvonlar sogʻligʻini saqlash bilan birga aholini inson va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishda muhim ahamiyatga egaligi, butunjahon veterinarlari tomonidan hayvonlarni sogʻligʻini saqlash borasida olib borilayotgan ishlarning pirovardida insonlar salomatligi diqqat eʼtiborda boʻlishligi, oziq-ovqat mahsulotlarining aholiga yetkazib berilishida xoʻjalikdan dasturxongacha boʻlgan davrda veterinarlar asosiy oʻrinni egallashi kabi muhim omillarga toʻxtalib oʻtdi. 

Universitetning Ichki yuqimsiz kasalliklar kafedrasi professori Q.Norboyev, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti professori X.Salimovlar yurtimizda ushbu infrastrukturaning rivojlanishi hududlarda epizootik va epidemik barqarorlikni, aholini xavfsiz va isteʼmolga yaroqli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilayotganini taʼkidlab, Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti aynan shu soha uchun mutaxassis–kadrlar tayyorlayotgani taʼkidlab, oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan barcha mutaxassislarni Xalqaro veterinariya kuni bilan muborakbod etishdi.

Shuningdek, tadbirda unirversitet rahbariyati tomonidan bir guruh soha fidoyilari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Ijodkor talaba-yoshlar tomonidan yangragan diltortar kuy va qoʻshiqlar esa tadbirning yanada fayzli oʻtishini taʼminladi.

LTR RTL