WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Nurmatov Sherzod Shakarbayevich

Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva va sabzavot mahsulotlari)

Shaxsiy ma’lumotlar

Nurmatov Sherzod Shakarbayevich 2010-2014 yil Toshkent davlat agrar universitetini Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olib, 2014 -2016 yillarda Toshkent davlat agrar universitetini Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva va sabzavot mahsulotlari) bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2017-2018 yillarda  Samapqand qishloq xo‘jalik institutining Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, ishlov berish texnologiyasi kafedrasi assistenti, 2018 yil sentyabr oyidan Samarkand veterinariya meditsinasi instituti “Chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, kayta ishlash texnologiyasi" kaferasi assistenti lavozimida, 2022 yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Lavozim vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Barcha oʻquv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan xollarda) boʻyicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish; Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish; Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish; Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy oʻquv yurti rektoratining topshirigʻiga binoan qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan xammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
  • Nodavlat taʼlim muassasalarining buyurtmalari boʻyicha zaruriy oʻquv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish; Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;Auditoriya ishlarini optimizasiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muxokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
  • Taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini taʼminlash; Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qidssh; Tajribali oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish; Uquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish, mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish. Bilishi kerak: Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, Vazirlikning Xayʼat Qarorlari, buyruqlari, OTMni rektori buyruqlarining moxiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilishi.

Mehnat faoliyati

  • 2010 - 2014 yy. – Toshkent dalat  agrar universiteti  talabasi (bakalavr)
  • 2014-2016 yy. - Toshkent dalat  agrar universiteti magistranti
  • 2016 – 2017 yy. - Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Agro kimyo ximoya” AJ agranom entomologi
  • 2017-2018 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini  saqlash va  ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi assistenti
  • 2018-2022 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti
  • 2022 y- h.v. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti