Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Kambarov Abdurauf 1973-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 150 ga yaqin ilmiy ishlari turli manbalarda chop etilgan. Epizootologiya va infeksion kasalliklar fani boʻyicha 3 ta darslik, 3 ta o'quv qo'llanma, 2 ta monografiya chop ettirgan. Chorva-chilik fermer xo'jaliklarida qo'llash uchun 9 ta tavsiyanoma, yo'riqnomalari ishlab chiqqan. Ikkita uslubiy ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha ushbu patentlar berilgan: "Тонкослойная хромотография глюкокортикоидов", "Качественное и количественное определение глюкокортикоидов в крови у каракульских овец". Koliinfeksion kasalliklarda gumoral immunitetning roli, ahamiyati, ulushi ilmiy muammosi yechimini va "Sulifol"-plastinkasida glyukokortikoid gormonlari sifat va miqdoriy dinamikasini eksperimental aniqlash, immun tizim barqarorligini ta'minlovchi omillarni ilk bor nazariy va amaliy eksperimental tajribalarda o'rgangan, o'z sohasining yetuk olimi.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy soha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.