WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

ESHMURADOV ULUG‘BEK TASHMURATOVICH

Kafedra mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

     U.T.Eshmuradov kafedra, fakultet va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, universitet rahbariyati, viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qomitasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

     U.T.Eshmuradov Aleksandr Ioan Kuza universiteti (Ruminiya), Piza universiteti (Italiya), Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti (Germaniya)da malaka oshirgan.

     U.T.Eshmuradov keyingi 3 yilda 40 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar,  jumladan, 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiyalangan maqolalar, chop qilingan, bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

    U.T.Eshmuradov 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Agroklasterlarda sotish jarayoni hisobi va auditini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish arafasida.

    U.T.Eshmuradov universitetdagi mavjud yuklamalarga asosan talabalarga Buxgalteriya hisobiga kirish, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, soliqlar va soliqqa tortish fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda o‘zbek va rus  tillarida olib boradi.