Awesome Image

Diyarova Mahliyo Islamovna

“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi (PhD) katta oʻqituvchisi

  • Batafsil ma'lumotlar

   Diyarova Mahliyo Islamovna 1990-yil 4-dekabrda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Kattaqoʻrgʻon shahridagi 16-umumta’lim maktabini tamomlagan. 2006-2009-yillarda Kattaqoʻrgʻon Iqtisodiyot kollejining “Bank ishi” yoʻnalishini tamomlagan. 2010-2014-yillar Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Koʻchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” yoʻnalishida (bakalavr), 2015-2017 yillar shu institutning “Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar)” mutaxassisligida magistrlik darajasini egallagan. 2021-2024-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Menejment” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturani tamomlagan. 2025-yilda Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.13–“Menejment” va 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit”  ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

   M.I. Diyarova 2026-yil yanvar oyidan boshlab Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi (PhD) katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunga qadar 40 ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan, Scopus ilmiy bazasida 1ta, xalqaro va mahalliy OAK ilmiy jurnallarida 10 dan ortiq ilmiy maqollar nashr ettirgan.