Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

Shaymanova Yulduz Toshniyazovna

O'qituvchi profili

Shaymanova Yulduz Toshniyazovna

Shaymanova Yulduz Toshniyazovna

Shaymanova Yulduz Toshniyazovna

O'ZBEK, RUS TILLARI ADABIYOTI VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASI ASSISTENTI
Batafsil ma'lumotlar

TADQIQOT SOHALARI
O‘zbek filologiyasi
SHAXSIY MA’LUMOTLAR
Shaymanova Yulduz Toshniyazovna 1976-yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1993–1998-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti filologiya fakultetida tahsil olgan. 1998-2003-yillarda Xatirchi tumanidagi 14-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, 2003-2006-yillarda Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti aspiranti, 2005-2012-yillarda, Samarqand davlat chet tillar instituti Umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, institut kadrlar bo‘limi nazoratchisi, 2016-2018-yillarda Samarqand tuman 11-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, 2021-yildan buyon Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 20 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta uslubiy, 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan. 
Ilm-fan taraqqiyotiga oid Xalqaro tanlovlarda, jumladan, Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida o‘tkazilgan «Успехи в наукии образовании 2024» tanlovida «Роль языковых единиц в создании художественого образа» mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Y.Shaymanova ilmiy rahbarligida Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida boʻlib oʻtgan «СТУДЕНЧЕСКАЯ НАУКА: ЛУЧШИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И РАЗРАБОТКИ 2024» IV XALQARO ILMIY-TADQIQOT KOʻRIK-TANLOVIDA Veterinariya profilaktikasi davolash fakulteti talabasi Kemal Tokdemir ishtirok etdi hamda faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashakkurnomasi, universitet rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita