Batafsil ma’lumotlar
2017 yil Samarqand Qishloq xo‘jalik instituti Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va marketing kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. Hozirgi kunda Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti sifatida faoliyat olib bormoqda. Oxirgi 3 yilda 10 dan ortiq OAK e’tirof etgan va google scoolerda indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda bir qator mahalliy va halqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.
Sh.Nurmanov hozirgi kunda “Modernizatsiyalash sharoitida cho‘l-yaylov chorvachiligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoyasi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Ilmiy ishlarining asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning real tarmoqlarini modernizasiyalash va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib 17 ta ilmiy maqolalar muallifi.
Sh.Nurmanov universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir necha fanlardan amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarga asoslangan holda o‘zbek tilida olib boradi.