Azizkulov Baxtiyor Xushvaktovich 1974 - yil 10- iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan, o‘zbek. 1991-yilda Urgut tumanidagi 67-umumta’lim maktabini tamomlagan. 1993-1999 yillar - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) agroiqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi.
2000 - yil TIQXMMI bitirgan. 2000-2001 - yillar TIQXMMI axborot va texnika ta’minoti bo‘limi texnigi, 2001-2005-yillar Iqtisodiyot kafed-rasi assistenti va o`rindoshlik asosida dekan muovini, 2005-2009-yillar Iqtisodiyot kafedrasi katta o`qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
2009-2015-yillar Toshkent davlat agrar universiteti (ToshDAU) Marketing, mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafed-rasi katta o‘qituvchisi. 2016-2019 yillar ToshDAU huziridagi Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti (QXIITI) tayanch doktoranti hamda Xalqaro tashkilotlar (“INTERAKTIV” 2016, ICARDA 2017, PROON 2018, GEF 2019) dasturlari ijrochisi bo`lib ishlagan.
B.Azizkulov 2019-yil 13-sentabrda 08.00.04 - Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu dissertatsiya bo‘yicha 2019-yil 31-oktabrda (Diplom raqami 01№002092) iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.
2020-2022-yillar Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti menejment hamda raqamli iqtisodiyot kafedralari dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2025 yillar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali biznesni boshqarish va tabiiy fanlar kafedrasi mudirilavozimida faoliyat olib borgan.
B.X.Azizkulov 2025-yil sentabr oyidan boshlab Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birgalikda 08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosliklari bo`yicha iqtisodiyot fanlari doktori (Ds) ilmiy darajasini olish uchun “Agroklaster korxonalari faoliyati iqtisodiy tahlili va investit-sion faolligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ishini olibbormoqda.