Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Tashtemirov Ravshanbek Matlyubovich, 1953 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1976 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan, veterinariya fanlari nomzodi, 2010 yildan “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya” kafedrasi mudiri, 2017 yildan “Veterinariya jarrohligi, farmakologiyasi va toksikologiyasi” kafedrasi mudiri, 2018 yildan “Veterinariya jarrohiligi” kafedrasi mudiri, 2019 yildan Samarqand veterinariya medisinasi instituti “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo’limi boshlig’i, 2020 yil dekabr oyidan “Veterinariya jarrohiligi va akusherlik” kafedrasi pofessori. 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitqasining “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Aspirant sifatida olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalari asosida 1983 yilda “Возрастные изменения скелета и мышц тазовой конечности каракульских овец предгорной зоны Узбекистана” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy tadqiqotlari natijasida ilk bor Respublikaning tog‘ oldi hududlarida qorako‘l qo‘ylarda orqa oyoq muskullarining postnatal ontogenezda yoshga oid makro- va mikroskopik o‘zgarishlari va ularning o‘ziga hos mintaqaviy xususiyatlari, yosh qo‘zilar tug‘ilish muddatlariga ko‘ra bahor va yoz mavsumlarida o‘sishi va rivojlanishi o‘rganilgan, qorako‘l qo‘ylarni qo‘zilatish kompaniyasiga mavsumiy tayorlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar bergan. Shuningdek, olingan xulosa, taklif va tavsiyalar talabalarga “Hayvonlar anatomiyasi”, “Veterinariya xirurgiyasi” fanlarini o‘qitishda keng qo‘llanilib kelinmoqda.
R.M. Tashtemiov uslubiy ishlarga ham e’tibor qaratib, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta ikki jildli Veterinariya va chorvachilikka oid atamalarning izohli lug‘ati, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 10 dan ortiq o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda hammualliflik qilgan, 1 ta monografiya, 3 ta metodik tavsiyalar, 130 ta ilmiy maqolalar chop etgan.
R.M. Tashtemiov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi sifatida doktorlik dissertatsiyalarning muhokamalarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunda Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi pofessori, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ustoz-murabbiylar Kengashi” a’zosi sifatida hamda universitetda o‘tkaziladigan jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etayapdi.