Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Kafedra o'qituvchisi

Safarova Lola Ulmasovna

O'qituvchi profili

Safarova Lola Ulmasovna

Safarova Lola Ulmasovna

Safarova Lola Ulmasovna

Kafedra mudiri
Batafsil ma'lumotlar

     L.U.Safarova fakultet va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, universitet rahbariyati, shahar va viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i, hamda 2022 yil “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida tashkil etilgan  “Ixtirochi ayol 2022” tanlovining “Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha)” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan, 2024 yilda Innovatsion rivojlanish agentligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining  “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.  Oxirgi 3 yilda  50  dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar,  jumladan, 20 ta Scopus bazasida indeksatsiyalangan maqolalar, 30 ta dasturiy guvohnomalar,  1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya  chop qilingan, bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

     L.U.Safarova 2022  yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va hozirgi kunda “Neytrosofik tuplamlar nazariya usul va algoritmlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.Hozirgi kunda "Axborot texnologiyalari va tabiiy fanlar" kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritish bilan birgalikda AL-7823051462-raqamli amaliy loyiha rahbari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

     L.U.Safarova universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir nechta fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda o‘zbek va rus  tillarida olib boradi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita