WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Tulayev Abdulla Amirqulovich

Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Konservalash texnologiyasi
  • Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

Abdulla Tulayev 1997-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1997 yildan Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Agroinjener” fakulteti dekanat inspektori bo‘lib ishlagan.  

Lavozim vazifalari

  • Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
  • Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
  • Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
  • Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.

            Bilishi kerak:

            Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,

            Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining

            mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

            Malaka talablari:

  •    Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga,   ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, Institut strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

1992 - 1997 yy. -

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1997 - 2011 yy. -

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti dekanat inspektori

2011 – 2018 yy.

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish kafedrasi assistenti

2018 - 2022 yy - 

Samarqand veterinariya medisinasi instituti “Chorvachilik va o‘simlik
mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti

2022- 2023 yy -

Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta

 ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti

2023 y – h.v. -

Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash                              texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.