WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

TASHEVA DILOROM SALIMOVNA

O'ZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI KAFEDRASI ASISSTENTI

  • Batafsil ma'lumotlar

TADQIQOT SOHALARI

  • Rus tili va adabiyoti filologiyasi

SHAXSIY MA’LUMOTLAR

     Tasheva Dilorom Salimovna 1972-yilning 10-fevralida Samarqand shahrida tavallud topgan. Tasheva Dilorom Salimovna 1979-1989 yillar davomida Samarqand shahridagi 30- sonli maktabni a’lo baholarga tugatgan. 1989-1994 yillar oralig’ida Samarqand Davlat universitetining Rus filologiyasi fakultetini imtiyozli diplomga tamomlagan. 1994-2019 yillar davomida Samarqand Iqtisodiyot kollejida “Tillar kafedrasi” mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan. 2019 yil avgust oyidan boshlab hozirgi kunga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “O’zbek, Rus tillari va adabiyoti” kafedrasida o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 8 ta OAK e’tirof etgan jurnal, 20 ta mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda impakt faktorli jurnallarda va 1 ta SCOPUS jurnalida maqolalar chop ettirgan.

Tasheva D.S. talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun Rus tili faniga oid ochiq darslar va turli xil tadbirlar o’tkazish bilan bir qatorda talabalarni bilim salohiyatini oshirish maqsadida Rus tilini o’rganamiz! Изучаем русский язык (https://t.me/az_202) telegram kanalini yuritib boradi va ko’plab talabalarga kundalik davomida rus tilida eng kerakli so’zlar va gaplarni o’rganishlari uchun o’z hissasini qo’shib kelayapdi.  

Tasheva D.S. qator yillar mobaynida universitet rektorining bir nechta “FAXRIY YORLIQ”lari bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Tasheva D.S. Yangi O‘zbekiston yoshlarini vatanga muhabbati va sadoqati yo‘lida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun talaba yoshlar bilan ustoz shogird tizimida ham talabalar bilan birgalikda bir qancha ilmiy maqolalar chiqargan. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar bilan birgalikda fakultet va kafedraning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy to‘garaklari samaradorligini oshirish, universitetda Respublika va xalqaro ilmiy innovatsion loyihalar ko‘lamini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.