WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

HAYDAROV OBID ERKINOVICH

Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari:

  • Falsafa
  • Siyosatshunoslik

Shaxsiy ma’lumotlar:

    Haydarov Obid Erkinovich 1979 yil Samarqand viloyati Tayloq tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini 2003 yilda bakalavriatni falsafa yo‘nalishi bo‘yicha, 2007 yilda magistraturani siyosat falsafasi mutaxassisiligi bo‘yicha tamomlagan. 2011 yildan buyon Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ishlab kelmoqda. 60 dan ortiq maqola va tezislari e’lon qilingan. 4 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta elektron o‘quv qo‘llanma muallifi. 2022 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan, Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashakkurnomasi va universitet rektorining bir nechta faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 2024 yil iyul oyidan O‘zbekiston milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi. “23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi bo‘yicha “Jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda fuqarolar siyosy faolligini oshirish omillari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. 2024 yil noyabrda O‘zMUda malaka oshirgan.

MEHNAT FAOLIYATI

1997-1999 yy. - Harbiy xizmatda

1999-2003 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

2002-2004 yy. - Tayloq tumani 51-maktab o‘qituvchisi

2004-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey  o‘qituvchisi

2009-2012 yy. - Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Tayloq tuman kengashi mutaxassisi

2011-2012 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti gumanitar fanlar  kafedrasi  o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

2012-2013 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  gumanitar fanlar  kafedrasi  o‘qituvchisi

2013-2014 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i, o‘rindoshlik asosida institut gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

2014-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

2018-2021 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi

2021- 2022 yy.- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

2022 y. - h.v. - Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi