Tadqiqot sohalari
- Oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari
- Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Safarov Ulmas Tuxtamuradovich 1980-yilda Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. 1990-yilda 05.18.12 – “Oziq–ovqat sanoati jarayonlari, mashinalari va agregatlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 2000 – 2016 yillarda xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan va xorij mamlakatlari: Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya) hamda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan.
Lavozim vazifalari
- Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
- Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
- Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
- Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
- Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
- Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
- Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.
Bilishi kerak:
Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,
Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining
mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.
Malaka talablari:
- Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, Institut strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Mehnat faoliyati
1980-1987 yy. - Samarqand kooperativ instituti umumiy ovqatlanish korxonalarining jihozlari kafedrasi assistenti
1987-1990 yy. - Moskva oziq-ovqat sanoati texnologiyasi institutining aspiranti
1990-1995 yy. - Samarqand kooperativ instituti konservalash texnologiyasi kafedrasi assistenti
1995-1996 yy. - Samarqand kooperativ instituti umumiy ovqatlanish mahsulotlari va konservalash texnologiyasi kafedrasi assistenti
1996-1998 yy. - Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 1-son Uzluksiz ta’lim Markazi o‘qituvchisi va hisobchisi
1998-2000 yy. - Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik–muhandislik bilim yurtining Front orti kafedrasi o‘qituvchisi
2010-2010 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish kafedrasi katta o‘qituvchisi
2000-2016 yy. - Xususiy tadbirkor
2014-2016 yy. - “DIYORA” ko‘p tarmoqli isjlab chiqarish tijorat firmasi operatori
2016-2018 yy. - “O‘LMAS QODIR SHEXRUZ” oilaviy korxonasi bosh operatori
2020-2021 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti
2022-2024 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
2024 y. - h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi