Lavozim vazifalari
- Universitet pedagog xodimlari, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan tizimli muammolarni oʻrganadi, universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yoʻnalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tekshirishlar, tahlillar hamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislarni jalb etishda ishtirok etadi;
- korrupsiyaga qarshi oʻquv-uslubiy va metodik jihatdan, jumladan audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yoʻlga qoʻyadi;
- universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa soʻrovlarni tashkil etadi;
- Boʻlim boshligʻi boʻlmaganda Boʻlim faoliyatni muvofiqlashtirib boradi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
- universitetda xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
- universitetda professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻkuv-yordamchi xodimlari oʻrtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
- universitetda faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-oʻqituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustakil izlanuvchilar) va axoli oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazadi;
- soʻrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targiboti boʻyicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
- professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga karatilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
- universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
- universitet xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi; korrupsiya faktlari haqida xabar berishga moʻljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini taxlil qiladi va taxliliy materiallarni universitet xodimlariga yetkazadi;
- universitet tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul tuzilma(shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;