PARAZITOLOGIYA VA VERETINARIYA ISHINI TASHKIL ETISH KAFEDRASI

PARAZITOLOGIYA VA VERETINARIYA ISHINI TASHKIL ETISH KAFEDRASI

Kafedra mudiri

Daminov Asadullo Suvonovich

Qabul vaqti: Har kuni (09:00 -16:00)
Telefon: +99893-349-49-85
Elektron pochta: a.daminov1960@mail.ru
PARAZITOLOGIYA VA VERETINARIYA ISHINI TASHKIL ETISH KAFEDRASI
Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining 2022-yil 31-avgustdagi “Universitetning tasdiqlangan yangi tuzilmasining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi” 147-sonli buyrug‘i bilan (sobiq “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi negizida) tashkil qilingan.
Kafedraga turli yillar davrlarda professor N.V.Badanin, akademik I.X.Ergashev, dotsent T.A.Abduraxmonov, professor R.B.Davlatov, dotsent Sh.X.Qurbanov, dotsent T.I.Taylakovlar mudirlik qilgan va hozrgi kunda professor A.S.Daminov rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, veterinariya fanlari doktori, professor I.X.Irgashev (1965-2004) uzoq yilllar davomida mudirlik qilgan. Olimning rahbarligida Respublikaning gelmint faunasi o‘rganilgan, Chorva mollarining bir qator parazitar va gelmintoz kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. U kishi tomonidan 10 ga yaqin fan doktorlari va 50 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlanib, O‘zbekiston veterinariya parazitologlari va gelmintologlari maktabi yaratilgan. Shuningdek, ushbu kafedrada (2004-2022 yillar) faoliyat yuritgan professor B.S.Salimov tomonidan “Zooparazitologlar” ilmiy maktabi yaratilib, u kishining rahbarligada ham 3 nafar fan doktori, 20 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.
Kafedrada oxirgi 5 yilda 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar va 10 ta ilmiy tavsiyamomalar chop etilgan. Shuningdek, 2020-2022 yillarda 5 ta falsafa doktori (PhD) dissertasiyalari himoya qilingan. Respublikamizdagi 10 dan ortiq xo‘jaliklar va korxonalar bilan koorporativ aloqalar hamda Skryabin nomidagi Moskva davlat veterinariya tibbiyoti va biotexnologiya akademiyasi, Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universitetlari bilan ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi paytda kafedrada 2 nafar fan doktorlari (R.B.Davlatov, A.S.Daminov), professorlar, 4 nafar fan nomzodlari, dotsentlar (Sh.X.Qurbanov, P.S.Haqberdiyev, T.I.Tayloqov, B.M.Shamsiyev), 2 nafar PhD assistentlar (B.S.Rustamov, K.X.Urakov), 5 nafar ilmiy darajasiz assistentlar (A.R.Tursunqulov, D.X.Nishonov, G‘.G‘.Jabborov, Sh.Muhammadiyeva, I.X.Rayimqulov) va 1 nafar laboratoriya mudiri (V.Karshiyeva), 1 nafar laborant (I.Usmonov) faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. 
Kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik, ijodiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, talabalarda chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis tayyorlash, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali olib borish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, talabalar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida, talaba-yoshlar “Ustoz-shogird” sifatida biriktirilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi yoshlar hayotida sog‘lom turmush tarzini vujudga keltirishga qaratilgan bo‘lib, keyingi 5 yil ichida boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan bir qatorda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlari talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar orasida keng tarzda o‘rganilib kelinmoqda.
Kafedrada 70840302-Hayvonlarning parazitli va yuqumli kasalliklari mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud bo‘lib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedra o‘qituvchilar ro‘yxati

I.F.Sh

O‘qitadigan fan

Shtat birligi

Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich

Veterinariya ishini tashkil etish

Veterinariya gelmintologiyasi

1

Davlatov Ravshan Berdiyevich

Veterinariya ishini tashkil etish

0,5

Daminov Asadullo Suvanovich

Veterinariya zoologiyasi

Veterinariya asoslari

0,5

Xakberdiyev Pardakul Supxonovich

Parazitologiya va invazion kasalliklar

Veterinariya protozoologiyasi

Veterinariya araxnoentomologiyasi

1

Taylakov Tolip Isakulovich

Parazitologiya va invazion kasalliklar

Veterinariya ishini tashkil etish

0,5

Shamsiyev Baxodir Muxitdinovich

Parazitologiya va invazion kasalliklar

Veterinariya zoologiyasi

0,5

Rustamov Baxtiyor Suvonqulovich

Veterinariya ishini tashkil etish

1

Urokov Kamoliddin Xudayberdiyevich

Parazitologiya va invazion kasalliklar

Veterinariya zoologiyasi

1

Nishanov Dilshod Xasanovich

Veterinariya ishini tashkil etish

Xalqaro veterinariya nazorati

1

Tursunkulov Abdurahmon Rasulovich

Parazitologiya va invazion kasalliklar

0.5

Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich

Veterinariya asoslari

1

Muhammadiyeva Shaxnoza Xursandovna

Parazitologiya va invazion kasalliklar

Veterinariya zoologiyasi

1

Rayimqulov Iskandar Xaydarovich

Veterinariya asoslari

Veterinariya ishini tashkil etish

1

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
- Parazitologiya va invazion kasalliklar;
- Veterinariya ishini tashkil etish;
- Veterinariya asoslari;
- Veterinariya zoologiyasi.
 
Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha:
- Veterinariya gelmintologiyasi;
- Veterinariya protozoologiyasi ;
- Veterinariya araxnoentomologiyasi.

 

LTR RTL