Top Bar

Samarkand city, Mirzo Ulugbek 77 Address
ssuv@edu.uz Email
+998 55 707-76-86 Hotline
+998 55 707-76-86 Hotline
NEWS

Qo‘shma ta’lim dasturi abituriyentlari uchun suhbat imtihonlari davom etmoqda

  • Home
  • News
  • Qo‘shma ta’lim dasturi abituriyentlari uchun suhbat imtihonlari davom etmoqda
News

Qo‘shma ta’lim dasturi abituriyentlari uchun suhbat imtihonlari davom etmoqda

Qo‘shma ta’lim dasturi abituriyentlari uchun suhbat imtihonlari davom etmoqda

Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining bosh binosida qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat asosida imtihon o‘tkazilmoqda.
Suhbat jarayonlari to‘liq ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, har bir nomzodning bilim va salohiyati xolis baholanmoqda E’tiborlisi, jarayonlarning adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash hamda bo‘lajak talabalarning tayyorgarlik darajasini yaqindan baholash maqsadida universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ham imtihon jarayonlarida shaxsan ishtirok etmoqda. Rektor abituriyentlar bilan muloqotga kirishib, ularning bilim darajasi, tanlagan sohasiga bo‘lgan qiziqishi hamda intilishlarini atroflicha sinovdan o‘tkazmoqda va yoshlarga samimiy dalda bermoqda.

Barcha abituriyentlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
 Imtihon jarayonlaridan foto va video lavhalarni rasmiy sahifalarimizda
SamDVMCHBU Axborot xizmati