Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining bosh binosida qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat asosida imtihon o‘tkazilmoqda.
Suhbat jarayonlari to‘liq ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, har bir nomzodning bilim va salohiyati xolis baholanmoqda E’tiborlisi, jarayonlarning adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash hamda bo‘lajak talabalarning tayyorgarlik darajasini yaqindan baholash maqsadida universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ham imtihon jarayonlarida shaxsan ishtirok etmoqda. Rektor abituriyentlar bilan muloqotga kirishib, ularning bilim darajasi, tanlagan sohasiga bo‘lgan qiziqishi hamda intilishlarini atroflicha sinovdan o‘tkazmoqda va yoshlarga samimiy dalda bermoqda.
Barcha abituriyentlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
Imtihon jarayonlaridan foto va video lavhalarni rasmiy sahifalarimizda
SamDVMCHBU Axborot xizmati
