Kafedra mudiri
Yunusovа Diyora Aminovna
Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
Telefon: +99897 396 60 58
Elektron pochta: diyray@bk.ru
Biografiya
Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi Yunusova Diyora Aminovna. 2005-yilda Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavriat, 2009-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirda u SamDChTI mustaqil tadqiqotchisi. C1 darajadagi Linguaskill xalqaro sertifikati ega. U yuqori impafaktorli (Web of Science, Scopus) jurnallarda 30 dan ortiq maqolalarini chop etgan va 2022 yilda (elektron) oʻquv qoʻllanmasi uchun guvohnoma olgan.
Kafedra: kecha va bugun
O‘zbek va chet tillari kafedrasi institut tashkil topgan yili – 1929-yilda tashkil etilgan. Dastlab umumta’lim fanlari tarkibida tashkil etilgan bo‘lsa, 1948 yildan “Tillar kafedrasi” yangi nom bilan mustaqil kafedraga aylandi. Kafedraning birinchi mudiri katta o‘qituvchi S.G. Shesternina, 1952-1960 yillarda esa dotsent P.P. Ponomaryova bo‘lgan.
1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi va 1991-yilda respublikamiz mustaqil davlat boʻldi, shu munosabat bilan 1993 yilda “Tillar kafedrasi” ikkita alohida kafedraga bo‘lindi: “O‘zbek tili va adabiyoti” va “Rus tili va xorijiy tillar” kafedralari. Olti yil davomida ushbu kafedralar o'z faoliyatini alohida olib bordi.
2000-yilda institut Ilmiy Kengashi qarori bilan bu ikki kafedra yana “O‘zbek tili va chet tillari kafedrasi” nomi bilan birlashtirildi.
1961-1975 yillarda kafedrani katta o‘qituvchi Ibragimova R.S. rahbarlik qilgan bo‘lsa, 1976-1981 yillarda dotsent Tursunov R.U., 1982-1986 yillarda dotsent Azatyan A.V., 1987-1998-yillarda filologiya fanlari doktori Xachaturova L.A., 1999-2000-yillarda dotsent Sobirov S.S., 2000-2004-yillarda dotsent Usmonov U.U., 2005-2008-yillarda esa dotsent Axmedov A.A. 2008-2020 yillarda dotsent Sobirov S.S., 2020-yildan boshlab kafedra alohida “Xorijiy tillar” kafedrasi sifatida tashkil etildi va unga katta o‘qituvchi Yunusova Diyora Aminovna mudir etib tayinlandi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriat va magistratura yo‘nalishi talabalariga ingliz, nemis va fransuz tillari nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar.
Hozirda kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha 2 ta uslubiy bo‘lim – ingliz va nemis tillari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu seksiyalarga kafedraning yetakchi o‘qituvchilari: katta o‘qituvchi Tursunova M.U., (ingliz tili), Fayzullayev F.U. (nemis tili) rahbarlik qilib kelmoqda, ushbu bo'limlar faoliyati ularning tasdiqlangan yillik ish rejalari asosida amalga oshirilib kelinmoqda.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitishning texnik vositalari – kompyuter va multimedia vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish o‘z samarasini berdi.
Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar sohasida sezilarli natijalarga erishildi. Oxirgi 4 yilda ilmiy ishlar 3-4 ko‘rsatkichdan 10 taga ko‘tarildi, 3 ta elektron o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan 29 nafar professor-o‘qituvchilardan 6 nafarining nomzodlik dissertatsiyalarini bajarish bo‘yicha ish dasturi va individual ish rejasi SamDCHTI Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Shu jumladan, Yunusova Diyora Aminovnaning “Pedagogika nazariyasi. “Pedagogik ta’limoti tarixi” yo‘nalishi bo‘yicha “Ingliz tili qo‘shma gaplari tuzilishida nisbatlovchi olmoshlarning o‘rni va ularni sintaktik o‘rganish”, Isakov Otabek Mavlanovichning “Qiyosiy adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha “Atamalar va muammolarni tarjima qilishning leksik va semantik xususiyatlari mavzusida veterinariya va zooinjeneriya (ingliz va o’zbek tillari materiallari misolida)”, Saitmuratov Bektemir Bozorboyevichning “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limoti tarixi” yo‘nalishi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarni texnologik yondashuv asosida ta’lim jarayoniga tayyorlashni takomillashtirish” mavzusida, “Pedagogika o‘qitish tarixi” bo‘yicha Xasanova Gulruh Xayrullayevnaning “Til nazariyasi.“Amaliy va hisoblash tilshunosligi”, “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” yo‘nalishi bo‘yicha “Tovosharov Manop Ergashevichning “Nofilologik ta'lim sohasida talabalarning kommunikativ kompetentsiyalarini shakllantirish” (kommunikativ yo'naltirilgan mashqlar misolida) mavzusida, Ruziyev Xurshid Abdualimovichning “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” yo‘nalishi bo‘yicha “Oliy o'quv yurtlari talabalarining axborot kompetensiyasini izchillik asosida rivojlantirish (nemis tilini o'qitish misolida)” mavzularida muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop etilib borilmoqda.
2021 yilda jami 39 ta ilmiy maqola chop etilgan. Shundan 6 tasi xalqaro jurnallarda, 14 tasi respublika jurnallarida, 9 tasi xalqaro anjumanlarda, 12 tasi respublika va institut anjumanlarida chop etilgan.
2021-2022 o‘quv yilining shu davriga qadar xalqaro jurnallarda 18 ta, respublika jurnallarida 24 ta, xalqaro anjumanlarda 29 ta, respublika va institut konferensiyalarida 32 ta maqola chop etilgan.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan 8 nafar o‘qituvchi CEFR, LinguaSkill, Aptis va TKT til sertifikatlariga ega.
Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ro‘yxati
№ |
Professor-o‘qituvchilarining familiyasi, ismi, sharifi |
O‘qitiladigan fanlar |
O‘qitadigan fan shtat birligi |
1 |
Yunusova Diyora Aminovna |
Ingliz tili |
1.0 |
2 |
Gapparov Alibek Qarshiboevich |
Nemis tili |
0.5 |
3 |
Ravendr Gargesh |
Ingliz tili |
0.25 |
4 |
Mattiyev Ilxom Bigmatdulobovich |
Nemis tili |
0.5 |
5 |
Tursunova Manzura Umirzakovna |
Ingliz tili |
1.0 |
6 |
Tagayeva Zulfiya Saidkulovna |
Nemis tili |
1.0 |
7 |
Isakov Otabek Mavlanovich |
Ingliz tili |
1.0 |
8 |
Isomiddinov Ozodjon Saloxiddinovich |
Ingliz tili |
1.0 |
9 |
Tursunov Alisher Roziqjonovich |
Ingliz tili |
1.0 |
10 |
Fayzullayeva Nasiba Jo‘raqulovna |
Ingliz tili |
1.0 |
11 |
Xolmirzayeva Zaynab Amanovna |
Ingliz tili |
1.0 |
12 |
Davronova Fotima Pirnazarovna |
Ingliz tili |
1.0 |
13 |
Tangirova Aziza Alimovna |
Ingliz tili |
1.0 |
14 |
Muminova Surayyo Akramovna |
Ingliz tili |
1.0 |
15 |
Ashiraliyeva Ma’mura Faxriddinovna |
Ingliz tili |
1.0 |
16 |
Narzulloyeva Zarina Axtamovna |
Ingliz tili |
1.0 |
17 |
Raxmonova Dilnoza Toshmirzayevna |
Ingliz tili |
1.0 |
18 |
Kamolova Iqbola Adhamovna |
Ingliz tili |
1.0 |
19 |
Nosirova Dilafro‘z |
Ingliz tili |
1.0 |
20 |
Axtamova Yodgora |
Ingliz tili |
1.0 |
21 |
Radjabova Zarafshon |
Ingliz tili |
1.0 |
22 |
Fayzullayev Farxod Ubaydullayevich |
Nemis tili |
1.0 |
23 |
Tovosharov Mannop Ergashevich |
Nemis tili |
1.0 |
24 |
Ruziyev Xurshid Abdualimovich |
Nemis tili |
1.0 |
25 |
Sayitmurotov Bektemir Bozorboyevich |
Nemis tili |
1.0 |
26 |
Nizamov G‘ofur Mamarasulovich |
Nemis tili |
1.0 |
27 |
Botirova ElmiraToshmuxammadovna |
Nemis tili |
1.0 |
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Ingliz tili
Nemis tili