PARRANDA, BALIQ, ASALARI VA MO'YNALI XAYVONLAR KASALLIKLARI KAFEDRASI

PARRANDA, BALIQ, ASALARI VA MO'YNALI XAYVONLAR KASALLIKLARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Nasimov Shuxrat Naimovich
Qabul vaqti: Har kuni (8:00 – 16:00)
Telefon:  +99891-527-30-72
Elektron pochta: shuxratnasimov@gmail.com
Biografiya
Sh.N.Nasimov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti, “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi mudiri, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Sh.N.Nasimov 1965-yil 26-oktyabrda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. 1987-yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetini, 1990-yilda aspiranturani tamomlagan. 
1991-yilda “Паразитоценоз коз и собак, вызванный тениидами и саркоспоридиями” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1991-2003 hamda 2017-2018 yillarda Samarqand qishloq  xo‘jalik  instituti kafedra assistenti. 2003-2017-yillarda veterinariya sohasida dorivor vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Uzbiokombinat” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya Qo‘shma Korxonasi rahbari. 2018-yil iyul oyidan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hozirgi Samarqand veterinariya meditsinasi, chovachilik va biotexnologiyar universiteti “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 
Sh.N.Nasimov 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta patent, 5 ta tavsiyanoma va 7 ta ishlab chiqarishga joriy etilgan veterinariya preparatlari texnik shartlari muallifi. 
Ilmiy rahbar sifatida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasiga, 5 ta magistrlik dissertatsiyasiga va 5 ta bakalavr diplom ishiga rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda 3 nafar magistrantlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilmoqda.
Oilali, 3 nafar farzandi bor.
“Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi kecha va bugun
Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703 qarorining 2-ilovasida SamVMI faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosida 2018-yil iyul oyida tashkil etilgan. 
O‘sha davrda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan, ularning 5 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lgan. Fan doktori, professor A.S.Daminov,  fan doktori, dotsent S.B.Eshburiyev, fan nomzodlari Sh.N.Nasimov, Z.B.Mamatova, G.F.Majidova, 1 nafar  katta o‘qituvchi A.N.Xudjamshukurov va ilmiy darajasiz assistentlar: F.E.Kurbanov, J.M.Sattorov, U.T.Qarshiyev va S.Seytveliyeva lar - 4 nafarni tashkil qilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati o‘rtacha 54,6 % ga teng bo‘lgan.
Talabalarning o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish muddatlari, uslubiy ta’minoti va o‘tkazish sifati bo‘yicha tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari: “Ablaqul Qodir Sharif Agro” MCHJ baliqchilik xo‘jaligi, YaTT “Babajanova Matlyuba” asalarichilik xo‘jaligi, “Sifat Bio Vet Dori” MCHJ parandachilik sektori, XICHTF “Zarafshon parranda” MCHJ parandachilik xo‘jaliklari bilan 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan 3 yillik amaliy hamkorlik shartnomalari tuzilib, tasdiqlangan. Fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish hamda ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash borasida bakalavriat, magistratura talabalari muntazam ravishda borib ishtirok etgan.
Institutning QX-A-QX-2018-219 raqamli “Ekologik va texnogen omillar ta’siridan mahsuldor hayvonlar va parrandalar organizmida yuzaga keladigan patologiyalar, ularning oldini olish choralari va davolashning takomillashgan usullarini ishlab chiqish va joriy etish” (mavzu rahbari v.f.d. Yu.S.Salimov) Davlat ilmiy-texnik dasturlari (grant) doirasida bajarilishi 2018-2020 yillarga mo‘ljalangan amaliy tadqiqotlarda “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi xodimlari v.f.d. A.S.Daminov va v.f.n. Sh.N.Nasimov tomonidan shartnoma asosida hamkorlikda ishlar olib borilgan.
Xalqaro hamkorlik borasida kafedrada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kafedraning 2 nafar a’zolari professor A.S.Daminov hamda katta o‘qituvchi A.Xudjamshukurovlar Portugaliya, Rossiya, Belorussiya davlatlarining nufuzli Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy ishlar amalga oshirishgan. Kafedra mudiri Sh.Nasimov, SamVMI professori N.Dilmurodov va dekan H.Niyozovlar tashabusi bilan Polsha davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 2018-yil oktyabr oyida kafedra tasarrufida “Opta-Tech” kafedralararo laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy mikroskoplar, labskaner va videoproektor bilan jihozlangan va foydalanishga topshirilgan.
Bugungi kunda kafedrada 2022-2023 o‘quv yilida jami 7 nafar professor-o‘qituvchilari faoliyat olib bormoqda. Shundan, 1 nafari fan doktori, dotsent S.B.Eshburiyev, 2 nafari fan nomzodi shundan 1 nafari dotsent Sh.N.Nasimov, 1 nafari dotsent v.b. Z.B.Mamatova, 2 nafari veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), shundan, 1 nafari katta o‘qituvchi A.N.Xudjamshukurov, 1 nafari assistent F.E.Kurbanov hamda 2 nafar ilmiy darajasiz assistentlar J.M.Sattorov va U.T.Qarshiyevlar. 
Bulardan tashqari, kafedrada 2 nafar tayanch doktorant (Z.N.Muhammadiyev, D.I.Azimova), 1 nafar vetvrach-ordinator (B.Qarshiboyev), 1 nafar laboratoriya mudirasi (N.A.Sulaymonova) va 1 nafar laborant (D.A.Mamarasulova) faoliyat olib bormoqda. 
Kafedraning ilmiy salohiyati kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan 75 % ni tashkil qiladi. 
Kafedradagi fan doktori (DSc) ning o‘rtacha yoshi – 41 yoshni, fan nomzodlari (PhD) ning o‘rtacha yoshi – 47 yoshni tashkil qiladi. Kafedra bo‘yicha o‘rtacha yosh – 43 yosh.
Kafedra jamoasi tomonidan tayyorlangan “Parranda va quyonlar kasalliklarini oldini oluvchi va davolovchi ekologik toza mahalliy probiotiklar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan g‘olib deb topildi va vazirining 2021-yil 24-avgustdagi №224-sonli buyrug‘i asosida PZ-2020123121 shifr bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi va sertifikat olindi. Loyiha bajarilishi 2021-yilning sentabr oyidan 2023-yil avgust oylari deb belgilagan. Loyihaga kafedra mudiri v.f.n., dotsent Sh.N.Nasimov rahbarlik qilmoqda. Hozirda ushbu innovatsion loyihada doirasida 14 nafar xodim ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning 4 nafari talabalardir.
Talabalarning o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish muddatlari, uslubiy ta’minoti va o‘tkazish sifati bo‘yicha tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari “Tarnov sabzavotlari” quyonchilik xo‘jaligi, “Kattaqo‘rg‘on Jayxuni” baliqchilik xo‘jaligi, “Uzbiokombinat” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya qo‘shma korxonasi bilan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib, shartnoma doirasida ishlar olib borilmoqda. Fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish hamda ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash borasida bakalavriat, magistratura talabalari muntazam ravishda borib ishtirok etmoqdalar.
Kafedra tashkil etilgan kundan hozirgi kungacha ya’ni 4 yilda 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar va 7 ta ilmiy tavsiyanomalar chop etilgan. Shuningdek, 2020-2022 yillarda A.N.Xudjamshukurov va F.E.Kurbanovlar tomonidan falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan.
“Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ro‘yxati

t\r

Familiya, ismi, sharifi

O‘qitadigan fanlar

Shtat birligi

1.

Nasimov Shuxratjon Naimovich

Parranda kasalliklari, Ekzotik va dekorativ hayvonlar kasalliklari (rus), Asalarilar biologiyasi, Asalari zararkunandalariga qarshi kurash, Asalarichilikning ilmiy asoslari.

1,0

2.

Eshburiyev Sobir Baxtiyarovich

Mayda uy, laboratoriya, yovvoyi va ekzotik hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, Ekzotik va dekorativ hayvonlar kasalliklari,  Parranda kasalliklari, Yovvoyi, ekzotik va dekorativ qushlar kasalliklari, Parrandalarning yuqumsiz kasalliklari.

1,0

3.

Mamatova Zamira Baratovna

Mayda uy, laboratoriya, yovvoyi va ekzotik hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, Parranda kasalliklari, Ekzotik va dekorativ hayvonlar kasalliklari,Oziq-ovqat va suvdan kelib chiqadigan kasalliklar.

0,5

4.

Xudjamshukurov Axtam Nurmamatovich

Parranda kasalliklari, Parrandalarning parazitar kasalliklari.

0,5

5.

Kurbonov Feruz Ennatillayevich

Baliq va asalari kasalliklari, Akvarium va ekzotik baliqlar kasalliklari,  Parranda kasalliklari.

0,75

6.

Sattarov Jamshid Madamin o‘g‘li

 

Baliq kasalliklari va ularga qarshi kurash, Baliq va asalari kasalliklari, Ekzotik va dekorativ hayvonlar kasalliklari, Parranda kasalliklari.

0,75

7.

Qarshiyev Usmon Temirovich

 

Mayda uy, laboratoriya, yovvoyi va ekzotik hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, Ekzotik va dekorativ hayvonlar kasalliklari, Parranda kasalliklari.

0,75

 
  1. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
  2. Fanlar nomi

    Yo‘nalish nomi

    1.

    Parranda kasalliklari

    Bakalavriyat yo‘nalishi

    2.

    Ekzotik va dekorativ hayvonlar kasalliklari

    3.

    Mayda uy, laboratoriya, yovvoyi va ekzotik hayvonlar kasalliklari diagnostikasi

    4.

    Baliq kasalliklari va ularga qarshi kurash (sirtqi)

    5.

    Baliq va asalari kasalliklari (sirtqi).

    1.

    Yovvoyi, ekzotik va dekorativ qushlar kasalliklari

    Magistratura yo‘nalishi

    2.

    Akvarium va ekzotik baliqlar kasalliklari

    3.

    Asalari zararkunandalariga qarshi kurash

    4.

    Oziq-ovqat va suvdan kelib chiqadigan kasalliklar

    5.

    Asalarichilikning ilmiy asoslari

    6.

    Parrandalarning yuqumsiz kasalliklari

    7.

    Asalarilarning yuqumsiz kaslliklari

    8.

    Baliqlarning yuqumsiz kaslliklari

    9.

    Parrandalarning infeksion kasalliklari

    10.

    Asalarilarning infeksion va invasion kasalliklari

    11.

    Baliqlarning infeksion kasalliklari

    12.

    Yovvoyi va mo‘ynali hayvonlarning infeksion kasalliklari

    13.

    Parrandachilik xo‘jaliklarida veterinariya sanitariya ishi asoslari

    14.

    Parrandalarning parazitar kasalliklari

    15.

    Asalarichilik xo‘jaliklarida veterinariya sanitariya tadbirlari

    16.

    Asalarilar biologiyasi

    17.

    Baliqchilik xo‘jaliklarida veterinariya sanitariya tadbirlari

    18.

    Baliqlarning parazitar va invasion kasalliklari

     

 


LTR RTL