Kafedra mudiri
ESHMURADOV ULUG‘BEK TASHMURATOVICH
Qabul vaqti: Har kuni (8:30 -16:00)
Telefon: +99891 5389876
Elektron pochta: ulugbek_1983.05@mail.ru
Biografiya
Mehnat staji 14 yil. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini buxgalteriya hisobi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Mazkur vazifada 2022 yil sentabridan buyon ishlamoqda.
U.Eshmuradov Aleksandr Ioan Kuza universiteti (Ruminiya), Piza universiteti (Italiya), Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti (Germaniya)da malaka oshirgan. 2014 yildan buyon Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus dasturining SILKROUTE, Erasmus+ dasturining ACADEMICA, AgroDev xalqaro loyihalarida ishchi guruh a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib, universitetning xalqaro miqyosdagi obro‘sini oshirish, zamonaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirish, Yevropalik hamkorlar bilan qo‘shma seminarlar tashkil etish, master-klass darslarini tashkil qilish va universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalarni takomillashtirilgan o‘quv kurslari bo‘yicha o‘qitishda o‘zining hissasini qo‘shib kelmoqda.
U.Eshmuradov bugungi kunga qadara 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy, 2 ta metodik ko‘rsatmalar nashr ettirgan hamda xalqaro va mahalliy jurnallar, konferensiyalarda maqolalar chop ettirgan.
Kafedra: kecha va bugun
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 mart “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qarori asosida universitetning tasdiqlangan tarkibiy tuzilishiga asosan 2022 yil 5-sentyabrdan boshlab “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedraga turli yillarda iqtisodiyot fanlari doktorlari, professorlar M.Xusanov, N.Sanayev, A.Ismoilov, O.Murtazayev, Q.Mirzayev, A.Alikulov, dotsentlar T.Xayitov, T.Qudratov, D.Xolbayev, D.Raxmonov, I.Salamov, M.Xolmurzayev, B.Nasriyev, I.G’aniyev, G‘.Sanayevlar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedrani U.T.Eshmuradov boshqarib kelmoqda
Dastlab kafedra faoliyati boshlangandan so‘ng, keyingi yillarda “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Qishloq xo‘jaligi menejmenti”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish”, “Agroiqtisodiyot va buxgalteriya hisobi”, “Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi” nomlari bilan ham faoliyat olib borgan.
Kafedrada hozirgi kunda ichki va tashqi o‘ridosh professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda 24 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Bulardan 2 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan doktori, dotsent, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 3 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafari assistentlar.
Kafedrada faoliyati davomida Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Buxgalteriya hisobi”, “Nazorat va taftish” “Audit”, “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi”, “Statistika”, “Qishloq xo‘jalik statistikasi”, “Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyati tahlili”, “Iqtisodiy tahlil”, “Tannarx kalkulyasiyasi (rus tilida)”, “Paxta tozalash korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili”, “Atrof muhit iqtisodiyoti”, “Amaliy boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy tahlil” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qilingan.
Kafedra a’zolari tomonidan keyingi 5 yilda 5 ta monografiya, xorijiy mamlakatlarning e’tirof etilgan jurnallarida 13ta, O’zbekiston respublikasi Oliy Attestasiya komissiyasi e’tirof etgan mahalliy jurnallarda 42 ta ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari to‘plamlarida ko‘plab maqolalar va maqolalar tezislari chop etildi.
Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha “Yosh iqtisodchi” va “Yosh buxgalter” fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2022 yil yanvar oyida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida 202 guruh talabasi Abdomitova Shahlo sovrinli 2-o‘rinni egalladi.
Kafedrada xorijiy mamlakatlarning “TOP-1000”ga kirgan va respublikamizning yetakchi iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, jumladan, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan, ushbu universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan “Бухгалтерский учет и аудит” fanidan ma’ruza va amaliy darslarni o‘tishlari rejalashtirilgan. Bundan tashqari, birgalikda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, fanning o‘quv uslubiy ta’minoti, uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar yozish rejalantirilgan.
Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish, yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish, kafedrani yoshartirish, chet tillarini o‘rganish, ilg‘or xorijiy-mahalliy pedogogik tehnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash, o‘qitish sifati va talabalarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanishini yanada yaxshilash bo‘yicha, “Ustoz-shogird” tizimini yuqori saviyaga ko‘tarish, xorijiy va mahalliy grantlar sovrindori bo‘lish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish vazifalari belgilab olingan.
Kafedra o‘qituvchilar ro‘yxati
I.F.Sh |
Shtat birligi |
O‘qitadigan fan |
Alikulov Abdimo‘min Ismatovich |
0,5 |
Buxgalteriya hisobi va audit |
Salamov Ibroxim |
1,0 |
Agrobiznes va tadbirkorlik |
Janibekov Fahriddin Beknazarovich |
1,0 |
Menejment |
Kazakova Zulayxo Saloxiddinovna |
1,0 |
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti |
Eshmuradov Ulug‘bek Tashmuratovich |
1,0 |
Buxgalteriya hisobi |
Nurmanov Sherzod Xujayarovich |
1,0 |
Chorvachilikda ishlab chiqarishni tashkil etish va menejment |
Yuldashev Sherali Xaitovich |
1,0 |
Budjet hisobi |
Narziyeva Guzal Baxtiyorovna |
0,75 |
Pul va banklar |
Raximova Umida Rabbimovna |
0,75 |
Moliya |
Nazarova Maryam Sharipovna |
0,5 |
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot |
Axmedov Shavkat Islamovich |
0,5 |
Moliya va soliq |
Ochilova Mohigul Toshtemir qizi |
0,5 |
Iqtisodiyot nazariyasi |
Tirkashev Farxod Mahmudovich |
0,5 |
Tarmoq iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi va marketing |
Uralov Baxtiyor Mahmudovich |
0,5 |
Raqamli iqtisodiyot |
Rasulov Zokir Jaxongirovich |
0,5 |
Экономика организаций (предприятий) АПК |
Yorbekova Dilorom Muxammadkulovna |
0,5 |
Statistika |
Rajabov Navruzbek Azimjonovich |
0,25 |
Mehnat iqtisodiyoti |
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr
Iqtisodiyot nazariyasi
Mutaxassislikka kirish
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
Moliya
Moliyaviy hisob asoslari
Menejment
Korporativ va tadbirkorlik huquqi
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti
Raqamli iqtisodiyot
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
Statistikа
O‘rmon xo‘jaligi iqtisodiyoti
Sug‘urta ishi
Pul va banklar
Byudjet hisobi
Moliyaviy menejment
Buxgalteriya hisobi
Tannarx kalkulyatsiyasi
Buxgalteriya hisobi va audit
Mehnat iqtisodiyoti
Moliya va soliqlar
Marketing
Qishloq xo‘jaligida investitsiyalar
Qishloq xo‘jalik statistikasi
Iqtisodiy tahlil nazariyasi
Chorvachilikda ishlab chiqarishni tashkil etish va menejment
Tarmoq iqtisodiyoti va buxgalteriya hisobi
Tarmoq iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi va marketing
Agrobiznes va tadbirkorlik
Iqtisodiy geografiya
Biznesda buxgalteriya hisobi
Макроэкономика
Экономика организаций (предприятий) АПК
Экономика природопользования
Планирование в организации (предприятии)
Инновационный менеджмент
Magistratura
70310101-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi
Innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish
Raqobat strategiyasi
Biznesni tadqiq qilish usullari
Institutsional iqtisodiyot
Moliyaviy tahlil
Iqtisodiyotda innovatsion ilmiy-tadqiqot usullari
Tadqiqot natijalariga ishlov berish va shakllantirish
70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Bozorga asoslangan buxgaltyeriya tadqiqotlari elementlari
Korporativ moliyaviy hisobot
Strategik boshqaruv hisobi
Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyoti va boshqaruvi
Auditning milliy va xalqaro standartlari
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari
Buxgalteriya, tashkilotlar va jamiyatlar
Noiqtisodiy ta’lim mutaxassisliklari
Farmasevtikada zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing asoslari
Farmasevtika iqtisodiyoti
Ofatlarning jamoat salomatligini saqlash, iqtisodiyot va rivojlanishga ta’siri
Zamonaviy menejment asoslari