HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI, BIOKIMYOSI VA PATALOGIK FIZIOLOGIYA KAFEDRASI

HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI, BIOKIMYOSI VA PATALOGIK FIZIOLOGIYA KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Eshimov Dusmurat
Qabul vaqti: Har kuni (14:00 – 16:00)
Telefon: +998979218087
Elektron pochta: eshimov1945@gmail.com
Biografiya
Men Eshimov Dusmurat 1945 yil 15 avgustda Sirdaryo viloyatining Forish tumani Yotoq qishlog‘ida tug‘ilganman. 1952 yil Forish tumani markazidagi 1-son o‘rta maktabiga o‘qishga kirib, 1963 yil 11 yillik o‘rta maktabni tugatganligim haqida attestatga ega bo‘ldim. Shu yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirib, 1964-1967 yillar harbiy xizmatni o‘tab, 1971 yil institutni tugatib, veterinariya vrachi mutaxassislik diplomiga ega bo‘ldim. 1971-1972 yillar “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasining katta labaranti, 1972-1974 yillar Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasining aspiranti, 1974-1980 yillar “Hayvonlar fiziologiyasi va bioximiya” kafedrasi assistenti, biologiya fanlari nomzodi, 1980-1982 yillar Veterinariya fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni, 1980-1988 yillar “Hayvonlar fiziologiyasi va bioximiyasi” kafedrasini katta o‘qituvchisi, 1988-2001 yillar shu kafedra dotsenti, 2001-2005 yillar “Hayvonlar fiziologiyasi va bioximiyasi” kafedrasi mudiri, 
2005-2017 yillar “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakalogiyasi” kafedrasi dotsenti, 2017 yildan 2018 yilgacha “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiya” kafedrasi dotsenti, 2018 yildan to hozirgacha dastlab Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, bugungi kunda esa Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavsizligi fakultetining “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri, dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
 
Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya kafedrasi
Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya kafedrasi dastlab 1929 yil tashkil topgan bo‘lib, turli davrlarda turli rahbar xodimlar tomonidan turli xil nomlar bilan nomlangan.
Dastlab kafedraga professor V.V.Popov rahbarlik qilgan bo‘lsa, 1936-1940 yillarda V.V.Volkov, 1940-1946 yillar N.M.Klimov, 1946-1961 yillar dotsent 
A.I. Yarmashkeyevich, 1961-1988 yillar professor R.X.Xaitov, 1989-1992 yillar professor A.D.Dushanov, 1993-1998 yillar Z.T.Rajamurodov, 1998-2000 yillar dotsent T.J.Jo‘rayev, 2001-2005 yillar dotsent D.E.Eshimovlar rahbarlik qildi.
2005-2018 yillar kafedra professor o‘qituvchilari asosan uslubiy ishlar bilan band bo‘lib, kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.
2005 yil kafedra dotsentlari P.B.Boboyev va D.E.Eshimovlar “Klinik biokimyo”, 2006 yil R.X.Xaitov va boshqalar “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan darslik, 2006  yil D.E.Eshimov va R.F.Ro‘ziqulov “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan, 2007 yil D.E.Eshimov va R.F.Ro‘ziqulov “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” fanidan, 2011 yil D.E.Eshimov va R.F.Ro‘ziqulov “Hayvonlar  fiziologiyasi” va “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” fanidan, 2012 yil “Hayvonlar fiziologiyasi”  fanidan o‘quv qo‘llanmasini to‘ldirib qayta chop etdilar.
2013 yil R.X.Xaitov va D.E.Eshimov “Hayvonlar patologik fiziologiya” si fanidan darslik chop etishgan. 2017 yil D.E.Eshimov va R.F.Ro‘ziqulov “Hayvonlar patofiziologiya” fanidan o‘quv qo‘llanmani qayta to‘ldirgan holda chop etishdi.
B.A.Kuliyev, D.E.Eshimov, J.B.Yulchiyevlar  “Patologik anatomiya (Gavda yorish va sud-veterinariya ekspertizasi)” o‘quv qo‘llanmasini yozib chop ettilar. 
Shu yillar davomida D.E.Eshimov Respublika kasb-hunar kollej o‘quvchilari uchun “Patologik anatomiya va patologik fiziologiya”, “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan o‘quv qo‘llanmasini bir necha bor yozib tayyorlab chop etdi.
2018 yil 8 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3703-sonli qaroriga ko‘ra Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilib uning tarkibida “Veterinariya diagnostika va oziq-ovqat xavfsizligi” fakuleti negizida “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi tashkil topdi.
“Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasida magistratura mutaxassisliklari tashkil etilib bunga kvotalar belgilandi va ikki marta Vetvrach mutaxassislar tayyorlab, ular pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shug‘illanib kelishmoqda. Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan fan to‘garaklari hisobiga olimpiada g’oliblari va prezident stipendiyantlari tayyorlanib ular kafedra ilmiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishida kata ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
2022 yilda D.E.Eshimov va boshqalar tomonidan “Moddalar va energiya almashinuvi”  nomli veterinariya meditsinasi va tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun o‘quv qo‘llanma chop etildi.
Kafedrada bugun Jahon banki tomonidan olib berilgan asbob uskunalar evaziga ilmiy tadqiqotchilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy loyihalarida ishtirok etish bilan bir vaqtda yangi innavatsion loyihalar tayyorlab O‘zbekiston Respublikasidagi parrandachilik xo‘jaliklariga faol yordam berib kelishmoqda.
1. Kafedraga tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘quv rejalar, fan dasturlari kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish;
2. Universtetdagi ta’lim yo‘nalishlarning o‘ziga xos imkoniyatlarini inobatga olib talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usullarini kafedra professor-o‘qituvchilarini o‘z fanidan dars beruvchilarni yakuniy nazorat jarayonida ishtirok etmaydigan tizimni joriy etish;
3. Kafedada o‘quv mashg’ulotlarni talabalarni innavatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarini joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni talabalarni mustaqil ta’lim olish bilan bog’liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish;
4. Kafedra talabalarining o‘quv malakaviy amaliyotlarini sifatli, ilg’or fermer xo‘jaliklarida, laboratoriyalarida hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘tishini tashkil etish;
5. Kafedradagi professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktarantlar, magistrlar va talabalarning ilmiy izlanishlarini chorvachilik va veterinariya tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning ilmiy-texnik muommolari asosida tashkil etish uchun ishlab chiqarish tashkilotlari ilmiy tadqiqot institutlarida tajriba sinov ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
6. Professor-o‘qituvchilarni veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshiriladigan xorijiy invistitsiyalar va grant loyihalarida qatnashishlarini tashkil etish;
7. O‘quv jarayonini sifatini ko‘tarish maqsadida zamonaviy o‘quv laboatoriya jihozlari, ilmiy laboratoriyalar, laboratoriya hayvonlari va axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash;
8. Kafedrada iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlashni jonlantirib, ilmiy to‘garaklar sonini ko‘paytirib, sifatli ishlashini nazorat qilib ular orasida fan olimpiada ishtirokchilarini va nomli stipendiyalar sonini ko‘paytirish uchun doimiy ravishda professor-o‘qituvchilar faolligini kuchaytirish va h.k.
Kafedra o‘qituvchilari ro‘yxati
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr
•Hayvonlar fiziologiyasi
•Hayvonlar patofiziologiyasi
•Hayvonlar biokimyosi
•Hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi
•Патологическая физиология
•Физиология животных
•Биохимия животных
Magistratura
•Klinik biokimyo
•Hayvonlar va parrandalar fiziologiyasi va etologiyasining ilmiy asoslari
•Enzimologiya asoslari
•Hayvonlar va parrandalar organizimi rezisentligining fiziologik asoslari
•Hayvonlar va parrandalar gemotologiyasi
•Hayvonlar va parrandalar organizimi rezisentligini biokimyoviy asoslari
•Vitaminlarning biokimyoviy asoslari

LTR RTL