MAXSULOTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA STANDARTLASHTIRISH FAKULTETI

MAXSULOTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA STANDARTLASHTIRISH FAKULTETI

 
Fakultet dekani
 
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
 
Sayidxonov Toyirxon Mardixon o‘g‘li
Telefon: +998933443273
El pochta:toyirxon.sayidxonov@mail.ru
 
Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakultetida quyidagi bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
60811600 – Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi – qishloq xo‘jalik sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari, tashkilotlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnatni me’yorlash, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida veterinariya sanitariya tadbirlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, chorvachilik sohasida mahsulotlami biologik xavfsizlikni ta’minlash, go‘sht, sut, parranda va baliq mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, mahsulotlami sifatini nazorat qilish, qadoqlash, logistika ishlarini tashkil etish, mahsulotlami saqlanuvchanligini ta’minlash, pishloq tayyorlash, aholiga tayyor chorvachilik mahsulotlarini sifatini kafolatlaydigan zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, loyihalash va tashkil etish, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi - bakalavriyat talim yo‘nalishi-fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi yo‘nalishi boiib, er, suv, energetik va moddiy - texnika resurslaridan samarali foydalanishni oshirish maqsadida meva sabzovot va uzum mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida oziq-ovqat havfsizligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash jarayonlarini optimallashtirish; tayyorlangan, saqlangan va qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sifatini nazorat qilish, qadoqlash, logistika ishlarini tashkil etish bilan bogiiq kasbiy faoliyatida texnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Quyidagi magistratura mutaxassisliklari mavjud:
70811601 – Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning   an’anaviy va innovasion texnologiyasi va sertifikasiyasi 

LTR RTL