FAKULTET TARKIBIY TUZILMASI. IQTISODIYOT FAKULTETI

FAKULTET TARKIBIY TUZILMASI. IQTISODIYOT FAKULTETI

FAKULTET DEKANI
 
ALIKULOV ABDIMO’MIN ISMATOVICH
Qabul kunlari: Ish kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon: +99890-6064175
Elektron pochta: a¬_aliqulov@gmail.com
Biografiya
1961 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. 
1983-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti tugatgan. 1993 yilda nomzodlik, 2012 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.  Ilmiy-pedogogik staji 39 yil. Mazkur vazifada 2022 yil sentabridan buyon faoliyat koʻrsatmoqda.
A.Alikulov K.A.Timiryazev nomli agrar universiteti (2001), Qozon federal universiteti (2009), Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti  (2018), Tomsk davlat universiteti (Rossiya Federasiyasi) (2021) lari bilan hamkorlik doirasida hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus dasturining SILKROUTE, Erasmus+ dasturining ACADEMICA, AgroDev xalqaro loyihalarida ishchi guruh a’zosi sifatida, universitetning xalqaro miqyosdagi obroʻsini oshirish, zamonaviy oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, hamkor universitetlar bilan qoʻshma seminarlar tashkil etish, master-klass darslarini tashkil qilish va universitetda professor-oʻqituvchilar va talabalarni takomillashtirilgan oʻquv kurslari boʻyicha oʻqitishda oʻzining hissasini qoʻshib kelmoqda. 
A.Aliqulov bugungi kunga, 1 nafar tayanch doktorant va 4 nafar ilmiy tadqiqotchining iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borayotgan ilmiy-tadqiqotiga rahbarlik qilmoqda. 105 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya va koʻplab ilmiy maqolalar hamda uslubiy ishlar muallifidir.

LTR RTL