Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti qariyb yuz yillik tarixga ega bo‘lib, dastlab Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti tarkibida Veterinariya fakulteti 1929 yilda tashkil etilgan. Uning asoschilari A.A.Aleutskiy va A.S.Naydenovlar hisoblanib, fakultetning shakllanishida L.N.Popov, P.P.Timofeyev A.A.Chernogorov, P.P.Vinogradov, M.T.Timofeyevskiye Sh.X.Xojibekov, A.Troiskiy va S.G.Yudinlar jonbozlik ko‘rsatishgan. Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda fakultetda OʻZRFA muxbir a'zosi, professor G.A.Kudryavsev, professorlar: V.S.Zarubinskiy, N.V.Badanin, M.V.Nexotyayev, I.I.Arxangelskly, A.V.Cherkasova, A.K.Bessonov, R.M.Voskonyan, R.G.Mustakimov, A.I.Yarmashkevich, K.P.Chepurov, V.S.Xateyev, A.K.Malyukov, A.S.Nakonechniy, A.Averburglar samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa akademik K.I.Skryabin, professorlar:. Ye.Mozgov, K.R.Viktorov, Ye.Kolyakov, G.Domrachev, A.Plaxotin, N.R.Semushkin, B.M.Olivkov, N.M.Klimov, I.G.Sharabrin kabi harbiy veterinariya akademiyasining olimlari veterinariya fakultetida faoliyat ko‘rsatib, O‘zbekistonda veterinariya ilm-fanini rivojlanishi hamda mahalliy kadrlarni tayyorlashda ulkan hissalarini qo‘shishgan. O‘zbekistonda veterinariya fanini rivojlanishida va yuqori malakali ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashda olimlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari akademik E.X.Irgashev, professor X.Z.Ibrohimov, professor N.G.Shatoxin, professorlar: S.N.Vohidov, R.H.Haltov, D.X.Narziyev, Sh.T.Rasulov, Sh.A.Azimov, U.Ya.Uzoqov, A.D.Dushanov, M.P.Parmanov, Sh.I.Ibragimov, N.Sh.Davlatov, X.Q.Rustamov, F.X.Majidov, J.Sh.Shopulatov, I.F.Abdusalyamov, V.A.Paliyev, B.S.Salimov, dosentlar: Z.I.Deryabina, A.M.Kargapalova, D.A.Tovmasyan, M.Nurmuxamedov, T.A.Abduraxmonov, M.T.Jdanova, VA.Polyakov, A.A.Pokudin, A.I.Badanina, N.A.Vladimirova, F.R.Xolmuxammedov, P.Z.Reshitov, Sh.M.Xolmatov, N.G.Bochkarev, Y.G.Fomina, S.S.Aminov, V.Y.Starkov, O.T.To‘raqulov, B.K.Ko‘chkarov, R.R.Ruzmetov, P.V.Bonka, M.Murodov, A.S.Lebedov, M.G.Levchenko, H.B.Haydarov, E.P.Bragina, M.B.Boboyeva, N.G.Xamitov, A.S.Sulaymonov, A.N.Nurullayev, B.D.Tulabayev, N.M.Samarodov, Ya.J.Jiyanov, L.F.Daminova, B.Ya.Yarmatov, A.Abrorov, A.A.Kamalov, Elbragimov, Kramova, M.M.Xasanov, M.S.Xabiyev, M.X.Allamuradov P.B.Boboyev, H.K.Burzanova, A.O.Raxmonov, Y.A.Axbutayev, P.M.Mamatov, A.Elmurudov, P.S.Haqberdiyevlar mehnat qilganlar. Fakultetni tugatganlar orasidan Respublika miqyosidagi rahbar xodimlar yetishib chiqqan. Jumladan, N.J.Xudoyberdiyev O‘zbekiston Ministrlar Kengashining raisi lavozimida, professor N.M.Matchanov O‘zbekiston Oliy Kengash Prezidiumining raisi lavozimida xizmat qilishib mamlakat rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ 3703-sonli qaroriga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibida yangi fakultet sifatida Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti ish boshlagan. Hozirgi davrda 1111 nafardan ortiq talabalar tahsil olib, 2024-yilda fakultetda bitiruvchilar soni 340 nafarni tashkil qiladi.
FAKULTET KAFEDRALARI:
LABORATORIYALAR VA VET-KLINIKA:
TA’LIM YO‘NALISHI VA MUTAXASSISLIKLAR:
Bakalavriatura:
Magistratura mutaxassisliklari:
25.05.2024 xolatiga