FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. MAXSULOTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA STANDARTLASHTIRISH FAKULTETI
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish hisoblanadi. Ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti asosida avvalo Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM vakillari tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. Ishlab chiqilib tasdiqlangan DTS ga asosan 1-kurs talabalari universitet rektorining 27.08.2021 yildagi, 2-bosqich talabalari O‘zR OO‘MTVning 2020 yil 14 avgustdagi № 418-sonli hamda 3- va 4- kurs 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, ishlab chiqilgan MT va namunaviy o‘quv rejalari 5 ta bakalaviriyat ta’lim yo‘nalishlari ishlab chiqilib o‘quv jarayonida foydalanilmoqda. Intelektual salohiyatiga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish talab qilinmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni chop etish, ta’lim yo‘nalishlarini o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari:
60811600-Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
- mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o‘quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o‘z vakolat doirasida bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv –uslubiy boshqarma boshlig‘i, fakultet dekani va kafedra mudirlari) va professor-o‘qituvchilari;
- ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi va fan dasturlarini o‘zlashtiruvchi oliy ta’lim tashkilotining talabalari;
- bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
- ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari;
- oliy ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
- oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;
- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
- oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirayotgan abituriyentlar, ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.
Fakultet qoshida quyidagi o‘quv-ilmiy laboratoriyalar faoliyat olib bormoqda:
-Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi qoshida universitetimizning O‘quv-ilmiy labaratoriya binosining 673 va 626 xonalariga joylashtirilib jihozlangan “O‘quv labaratoriyasi” mavjud.
Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi tahlili bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlardan ta’minlanish darajasi 70 foizdan 100 foizgachani tashkil qiladi.