FAKULTET ILMIY – TаDQIQOT ISHLаRI. VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETI
Samarqand viloyatining Nurobod tumani “Nurli yo‘l” MCHJ, Pastdarg‘om tumani “Darg‘om parranda” MCHJ, Samarqand tumani “Sam teri tayyorlov” MCHJ, Samarqand “Sifat go‘sht savdo” MCHJ, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti, “O‘ZBIOKOMBIONAT” MCHJ, Samarqand viloyati “Asalarichilik” uyushmasi, Samarqand viloyat “Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlar”i bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilayapti, Davlatov R.B. tomonidan Qashqadaryo viloyati Shaxrizabz tumani “Oqsaroy” parrandachilik MCHJda “Tovuqlarning kasalliklarini oldini olish va davolash tadbirlarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ilmiy amaliy shartnoma tuzildi.
Hozirgi kunda Fakultetimizda 7 nafar (PhD), 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi (DSc), 1 nafar stajyor tadqiqotchi, 15 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD)lar faoliyat yuritmoqda.
Fakultetimiz 4 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakda jami 386 nafar talabalar ilmiy tadqiqod ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz Italiyaning Piza universiteti, Sank-Peterburg Davlat veterinariya akademiyasi va Vitebsk ordeni “Faxriy yorliqli” davlat veterinariya meditsinasi akademiyalari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Fakultet ixtisoslashuviga mos 12 ta korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilmoqda.