WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

ESLATMA


Ertaga, 5-iyun kuni 2024/25-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida 2 bosqichli tizimda ya'ni "avval test, so'ng tanlov" tamoyiliga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.
Bunda: 1-bosqichda test sinovini topshirish uchun ro'yxatdan o'tadi, telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin hamda test topshiradigan fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududini tanlaydi. Abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin. 
2-bosqichda abiturientlar test sinovlari to'liq yakunlnganidan so'ng 15 kun davomida oliy ta'lim muassasasi,bakalavriat ta’lim yo‘nalishini  va ta'lim shaklini tanlaydi. 
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 25-iyunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 189,0.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (maksimal ball – 33,0 ball):
1. Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
2. Matematika – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
3. O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha (maksimal ball – 156 ball):
1-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball.
2-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball.