Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar univetsiteti hamda "O‘zmilliy bank" AJ, "Aloqa bank" va "Biznesni rivojlantirish bank"larining Samarqand viloyati bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida universitetda Chorvachilik va texnologilar hamda Iqtisodiyot fakultetlarining 2025 - 2026-o‘quv yilida bitiruvchi bosqich talabalari bilan tadbirkor yoshlarni tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “KELAJAKKA QADAM” mavzusi doirasida ochiq seminar-tring o‘tkazildi.

Tadbirda universitet O‘zbekiston milliy banki AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari X.Abduolimov, T.Tirkashev, A.Abdullayevlar, Aloqa bank ma’sullari S.Abdumajidov, Biznesni rivojlantirish banki ma’sullaridan A.Bekqulov va J.Sodiqovlar, Registrator ofisi ma’sullaridan A.Ismatov, R.Daniyerov, Karyera Markazi ma’sul hodimlari N.Rajabovlar hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet Karyera Markazi ma’suli N.Rajabov ochib berdi. Soʻzni prizedentimiz tomonidan Oliy ta’lim bitiruvchilariga berilayotgan etibor va 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori hamda PQ-61 son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2025-yil 3-noyabrdagi № 328 qarorning qabul qilinishi aynan yoshlarga qaratilganligini aytib oʻtdi.
.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “KELAJAKKA QADAM” dasturi Oliy ta’lim bitiruvchilari bandligini taminlashga qaratilganligi, bitiruvchilarni ishga joylashishiga ko‘maklashish dasturi aynan bitiruvchi yoshlarga katta imkoniyat ekanligi takidlanib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim bitiruvchilariga berilayotgan etibor, bitiruvchi bosqich talabalarini ta’lim yo‘nalishi va mutaxasisliklaridan kelib chiqqan holda ularni oʻz ish oʻrnini egallashi hamda tijorat banklari orqali bitiruvchilarning biznes loyihalarini boshlashiga ko‘maklashish rejalashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Semenar davomida bank viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan OTMlar bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi to‘g‘risida, shuningdek bitiruvchilarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va ularni rasmiylashtirish hamda foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Bitiruvchilarni ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” kabi tadbirlar doimiy o‘tkazilishi ta’kidlab o‘tildi.