Joriy yilning 19- iyun kuni Registrator ofisi tomonidan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining 2-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida ijtimoiy faollikni baholashga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.



O‘quv seminarida Registrator ofisi raxbari O.Boymatov va ma’lumotlar bazasi bo‘limi boshlig‘i M.T. Mavlyanov tomonidan talabalarga HEMIS axborot tizimida ijtimoiy faollikni baholash jarayonida talabalar tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar hamda asoslovchi hujjatlarni yuklash tartibi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida HEMIS tizimida ma’lumotlarni kiritish va hujjatlarni yuklash jarayonlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.