Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni 27-iyun —
“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan
universitetimiz jamoasi va shaxsan oʻz nomimdan tabriklayman!
Siz oʻz qalamingiz
bilan yurtimiz ravnaqi va aholi turmush farovonligining yuksalishi,
ijtimioy-iqtisodiy islohotlarni keng targʻib qilishga munosib hissa qoʻshib
kelmoqdasiz.
Shunday sharafli,
masʼuliyatli va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz
mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Barchangizni
qutlugʻ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda
kuch-quvvat, mustahkam sogʻliq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda
muvaffaqiyat tilayman.
Yurtimiz ravnaqi
yoʻlidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin!
Hurmat bilan,
Xudaynazar YUNUSOV,
SamDVMCHBU
rektori, professor.