Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Yangilik

25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI

  • Asosiy
  • 25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI
Rektor tabrigi

25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari!
Sizlarni 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatingiz alohida e’tirofga loyiq.
Ushbu kasb fidoyilik, yuksak mas’uliyat, jasorat va xalq manfaatlariga sadoqatni talab etadi. Ana shu ezgu yo‘lda xizmat qilayotgan barcha xodimlarga mustahkam iroda, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmatingiz bardavom bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,
Yunusov Xudaynazar Beknazarovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor, akademik

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Qabul KPI LMS HEMIS