ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI ILM-FAN SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN OLIMA AYOLLAR VA TALABA-QIZLARIM!


11-fevral – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” deb e'lon qilingan. Shu kuni ayollar va qizlarning ilm-fan, texnika sohasidagi yutuqlarini e’tirof etish maqsad qilingan. Universitetda olima ayollar hamda qizlar faoliyat ko'rsatadi, xotin-qizlar kimyo, biotexnologiya, qishloq xo'jaligi kabi sohalarda yuqori bilim va qobiliyatlarini namoyon qilmoqda. Ular ilmiy ishlari bilan ham e'tirof qolayotgan.
Assalomu alaykum, hurmatli ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan olima ayollar va talaba-qizlarim! 
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” muborak bo‘lsin!

Xabaringiz bor, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman e’lon qilingan.

Ushbu kunni har yili nishonlash orqali ayollar va qizlarning ilm-fan, texnika va innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini yanada qo‘llab-kuvvatlash hamda alohida e’tirof etish maqsad qilingan.

Bugungi kunda universitetimizda “Olima ayollar uyushmasi” hamda “Olima qizlar klubi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Xodimlarning qariyb 250 nafarga yaqini xotin-qizlar hisoblanishadi. Shulardan professor-o‘qituvchilar 101 nafarni tashkil etib, ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), 24 nafari falsafa doktori (PhD), 10 nafari katta o‘qituvchi, 65 nafari o‘qituvchi va assistentlardan iborat bo‘lib, ilm-fan sohasining cho‘qqilarini egallashda samarali mehnat qilib kelishmoqda.

Faxr bilan ayta olamizki, universitetimiz olima ayollari kimyo, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda o‘z bilim hamda qobiliyatlarini namoyon etib, intellektual ishlari ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Universitetimizning ayol tadqiqotchilarini ushbu sana bilan chin dildan tabriklayman! Yangi yutuqlar, ilmiy muvaffaqiyatlar va kashfiyotlar sizlarning hamrohingiz bo‘lishini tilayman.

Ilm-fan sohasidagi mehnatingiz yosh avlod uchun namuna bo‘lib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!