2026-yil bilan qutlug‘ ayyom talabgarlarini, professor-o‘qituvchilarni hamda barcha vatandoshlarni samimiy tabriklovchi maqola, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining katta imkoniyatlarga ega ekanligini ham bayon qiladi. Yangi yilda ta'lim sifati va ilmiy ishlarni inobatga olib qo'shib berish yordamida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga intilish kutilmoqda. Barcha kishilarga salomatlik, xayr va baxt tilab qo'yiladi.Cocoon AI Summary
Jonajon diyorimizga yangi – 2026-yili kirib kelmoqda. Mana shu shukuhli damlarda barcha professor-o‘qituvchi va xodimlarni, azmu shijoatli yoshlarimizni – ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Hamma sohalarda bo‘lganidek, ta’lim sohasida ham yangiliklar va innovatsiyalarga xos islohotlar davom etdi va bu qutlug‘ yilda ham davom etadi.
Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tarixiga bu yil o‘ziga xos chiroyli raqamlar bilan kirishiga ishonchim komil.
Markaziy Osiyodagi veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya sohalari uchun mutaxassis - kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim maskani o‘zining ilmiy - zamonaviy loyihalari bilan mamlakatimiz iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shish bilan yilni yakunlamoqda. Professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashda bu yil ham davom etadi, boshlagan xayrli va samarali ishlari, loyixalarini davom ettiradi, deb umid qilamiz.
Yangi yildan faqat yaxshiliklar kutib qolamiz.
Rejalar, loyihalar va tashabbuslarimiz ko‘p, shuningdek, ayrim muammolarimiz ham borligini tan olamiz. Istiqboldagi rejalarimizni amalga oshirish uchun vaqt va fidoyilik talab etiladi, shuningdek, muammolarni bartaraf etish uchun o‘zimizdagi barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Maqsadimiz, Samarqand, O‘zbekiston nomi hamisha yuksak minbarlarda e’tirof etilsin! Farzandlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olib, barkamol shaxs bo‘lishlari uchun boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz.
Dunyo xalqlari yangi 2026-yilni kutib olishga hozirlanayotgan ushbu hayajonli kunlarda yangi yilimiz bizga yangi - yangi quvonchlar olib keladi, degan umid hech birimizni tark etmasin.
Aziz va qadrli vatandoshlarim! Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2026 yil bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilayman. Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xudaynazar Yunusov
SamDVMCHBU rektori, professor, QR qishloq xo`jalik fanlar akademiyasi akademigi.