1-oktabr – jamiyat taraqqiyotida o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni qanchalik muhim ekani tarannum etiladigan ezgulik bayramidir. O‘zbekistonda bu kunda o‘z hayotini kelajak avlodni o‘qitish va tarbiyalashga bag‘ishlagan Siz aziz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz va o'zgacha nishonlaymiz.
Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz – bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini o‘zgartirib, millat xarakteriga ta’sir ko‘rsatish kuchiga egasiz. Sizlar farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yaratuvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar insonlar bo‘lib yetishishlariga sababchisizlar.
Prezidentimizning “Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e’tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qat’iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi” degan gaplari o‘qituvchilarimiz yaqin-yaqinda ham kasb bayramlarini changga botib, paxtazorda o‘tkazishlari xayolimizdan o‘tadi.
Aziz o‘qituvchilar, professional ta’lim sohasi vakillari!
O‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan Sizlarning kelajak avlodlar tarbiyasi va ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar va taraqqiyot poydevorini shakllantirishdagi sa’y-harakatlaringiz hamisha yutuqlarga boy bo‘lsin!
Mamnuniyat bilan ayta olamanki, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti har bir professor-o‘qituvchilarining o‘z uslubi va dars o‘tish metodikasi va boshqa jihatlari mavjud, albatta. Ular ilmiy faoliyat bilan birgalikda mamlakatimiz iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya sohalari uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdek muqaddas vazifani chin ko‘ngildan ado etishmoqda.
Universitet jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etaman. Bu sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan barcha insonlarni chin qalbimdan tabriklayman! Yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa omad yor bo‘lishini tilayman. Yoshlarning bilim va malakasini oshirishga qo‘shayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiraman!
Hurmat bilan,
Yunusov Xudaynazar Beknazarovich,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.