Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir.
Biz, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun O‘zbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bo‘lasiz, deb ishonamiz.
Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda Sizga suyanamiz!
Yana bir bor, 30-iyun - Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xudaynazar Yunusov,
SamDVMCHBU rektori, professor.