Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan universitetimiz jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan tabriklayman!
Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimiz ravnaqi va aholi turmush farovonligining yuksalishi, ijtimioy-iqtisodiy islohotlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Shunday sharafli, mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xudaynazar YUNUSOV,
SamDVMCHBU rektori, professor.