Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarning mardona xizmatlaringiz tufayli yurtimiz tinch, oilalarimiz baxtli va farovon hayot kechirmoqda. Vatanimizning mustahkam qalqoni boʻlib, xalqimizning tinchligi va farovonligini himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan jasoratlaringiz yuksak hurmat va eʼtirofga loyiqdir.
Shu o‘rinda davlatimiz chegaralarini qo‘riqlashda xizmat itlari va otlardan foydalanishda veterinar vrachlar xizmatini alohida ta’kidlashimiz, Vatanimiz sarhadlarida bizning soha xodimlari xizmatlarini g‘urur bilan aytishimiz joiz.
Fursatdan foydalanib Vatanimiz himoyachilarini bayram bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Yurtimiz tinch, Yurt posbonlari omon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xudaynazar YUNUSOV,
SamDVMCHBU rektori, professor.