WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

KONSTITUTSIYA - XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI!


Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Avvalo Sizlarni 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

 

Mustaqil davalatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligini har yilgidan ko‘ra o‘zgacha nishonlanishimiz tabiiy. Negaki, 2023 yilda tubdan yangilangan Bosh qomusimizni umumxalq referendumi asosida qabul qildik hamda milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor barcha ustuvor qoidalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo‘ldik.

 Konstitutsiya nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.

Bosh qonunimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy xujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.

 Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi jaxon hamjamiyatining inson huquqlari sohasidagi yutuqlarini to‘la o‘zida mujassam qilgan. Ushbu Konstitutsiya inson huquqlari sohasidagi barcha muhim qoidalarni: insonning yashash, erkinlik va shahsiy daxlsizlik huquqi, mulkdor bo‘lish huquqi, ta’lim olish va boshqa shu kabi huquqlarni o‘z ichiga olgandir.

Konstitutsiya nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.

O‘z o‘zingizga savol bering? Men qonunlarni yaxshi bilamanmi va unga qay tarzda amal qilaman? 

Menimcha, jamiyatdagi har bir fuqaro o‘ziga ana shu savolni berib ko‘rishi kerak. Talaba, professor-o‘qituvchi, xox u oddiy xodim bo‘lsin, albatta mavjud qonun-qoidalarga amal qilib yashashi, huquqlarini bilishi, majburiyatlarini bajarishi jamiyat hayotida tartib-intizomni, osoyishtalikni ta’minlaydi.

Men fursatdan foydalanib, yurtimizning barcha fuqarolarini, talaba yoshlarni mamlakatimiz bosh qomusi – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi bilan muborakbod etaman.

Qonunlarni o‘rganishdan vaqtingizni ayamang, zero u sizning ertangi muvaffaqiyatlaringizni ta’minlaydi. Yaxshi fuqaro, yaxshi inson, a’lochi va iqtidorli talaba bo‘lishingizga, jamiyatda hurmat va ehtirom qozonishingizga xizmat qiladi.

 

Hurmat bilan,

 

Xudaynazar Yunusov,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.