MILLIY BAYROG'IMIZ - G'URUR VA IFTIXORIMIZ!

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir. U xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, ozod va erkin hayotimiz ifodasidir.



 

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

 



Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda universitet rektori, professor X. Yunusov so‘zga chiqib, mustaqillikning muqaddas ramzlaridan biri – Davlat bayrog‘i nechog‘li qadrli ekanligini ta’kidlab, davlatimiz bayrog‘i yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning azmu shijoatini, yurtga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini mustahkamlashga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

 




Tabdirda ijodkor talabalar tomonidan tayyorlangan ajoyib sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

Ko'p o'qilgan tadbirlar
Telegram
Ijtimoiy tarmoqlar
LTR RTL