Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng faol yil talabasi” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni universitet rektori, professor, akademik Yunusov Xudaynazar Beknazarovich ochib berdi.

O‘z kirish so‘zida rektor talaba-yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishi, tashabbuskorligi, intilishi hamda erishayotgan yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, bunday tanlovlar yoshlarning o‘z ustida ishlashi, yangi marralarni zabt etishi va universitet hayotida faol ishtirok etishiga keng imkoniyat yaratishi qayd etildi.

Tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilanib, ko‘rik-tanlovga rasman start berildi!