Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Talaba yugur” ko‘ngilli yugurish musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirok etgan universitetning 18 nafar talaba-yoshi universitet rektori, professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich tomonidan voucher va diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni “Talaba yugur” ko‘ngilli yugurish musobaqalariga keng jalb etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelgusi mavsumlarda faol ishtirokini ta’minlashdan iborat.