Universitet jamoasi talaba-yoshlari Samarqand viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Vatanga qaytish” nomli spektaklni tomosha qildilar.

Teatr san’ati insonni mushohada qilishga, hayotiy qadriyatlarni anglashga va ma’naviy dunyosini boyitishga undaydi. Mazkur tomosha talaba-yoshlar uchun mazmunli madaniy hordiq bo‘lib, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.



Universitetda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy va madaniy kamolotiga ko‘maklashishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.