18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida talabalar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi.



Tanlovni universitet rektori, professor, akademik Yunusov Xudaynazar Beknazarovich ochib berdi. O‘z so‘zida Davlat bayrog‘ining xalqimiz hayotidagi o‘rni, milliy g‘ururimiz va mustaqilligimiz ramzi sifatidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib, talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladi.


Tanlov davomida talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifoda etdilar.
Yakunida tanlov g‘oliblari aniqlanib, universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz!