Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
TADBIRLAR

“Ona tilim — iftixorim!” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirlar

“Ona tilim — iftixorim!” tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Ona tilim — iftixorim!” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — iftixorim!” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Universitet rektori, professor va akademik X.B. Yunusov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi o‘rni, shuningdek, yosh avlodda ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashning ahamiyatini ta’kidladi.


Rektor ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtiromini she’riy satrlar orqali ifoda etib, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rni samimiyat bilan o‘qib berdi.


Tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi ham ishtirok etib, ona tilimizning boyligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Hamkorlar Qabul KPI LMS HEMIS